07:51 / 12.11.2015
1892

Konte Yevro-2016 turniridan so‘ng «Yuventus»ga qaytishi mumkin

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Antonio Konte 2016 yilning yozida terma jamoadan ketmoqchi. Bu haqda Football Italia nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Fransiyada bo‘lib o‘tadigan 2016 yilgi Yevropa chempionatidan so‘ng 46 yoshli mutaxassis yana “Yuventus”ni boshqarishii mumkin.

Turinliklar klubining amaldagi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri mavsum oxirida o‘z lavozimini tark etishi mumkinligi aytilgan. Mutaxassis o‘z kuchini APLda sinab ko‘rishni istaydi.

Qo‘shimcha o‘rnida, Sinisha Mixaylovich “Milan”jamoasi bilan joriy mavsum yakunida kuchli uchlikdan o‘rin olmasa, "rossonerilar" rahbariyati yangi mavsum uchun Konteni taklif qilish niyatida.

Top