20:38 / 12.11.2015
8675

KUN.UZ dayjesti: 12 noyabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Afg‘onistonning MDH bilan chegaralariga 4,5 ming jangari to‘plangan>>

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi chegara mahkamasi hamdo‘stlikning Afg‘oniston bilan tutash tashqi chegaralaridagi murakkab vaziyatdan xavotirda. Bu haqda MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlik kengashining muvofiqlashtiruvchi xizmati vakili Aleksandr Manilov ma'lum qildi.

Independent: Suriyadagi urush haliveri tugamaydi>>

Shu haftaning oxirida Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha navbatdagi muzokaralar o‘tkaziladi, ammo barcha tomonlarni qoniqtiradigan shartlar asosida murosaga kelish qiyin, deb hisoblaydi The Independent kolumnisti.

Turkish Airlines Rossiyadagi eng yirik aviatashuvchi bo‘ldi>>

Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines Rossiyadagi eng yirik aviatashuvchi bo‘lib qolmoqda. Kompaniyaning 2015 yilda Rossiyaga qatnovlar yo‘nalishi 16 foizga oshgan.

Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi>>

Qochqinlar oqimining kuchayishi natijasida Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi. Bu haqda Yle nashri xabar bermoqda.

OAV: Iroqda uyushtirilgan 2 terakt oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi>>

Iroqning al-Falluja shahrida sodir etilgan 2 portlash oqibatida hukumat armiyasi va ko‘ngillilarning 20 nafar vakili halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazira telkanali xabar bermoqda.

Astronomlar Quyosh tizimi yaqinida yangi sayyora kashf qilishdi>>

Amerikalik olimlarning ta'kidlashicha, ushbu sayyora juda issiq va unda hayot uchun sharoitlar bo‘lishi amri mahol.

Air Force Times: F-35 qiruvchilarini sotib olishga AQSh HHKning puli yetmaydi>>

AQSh harbiy havo kuchlari rahbariyati beshinchi avlod Lockheed Martin F-35 ko‘p vazifali qiruvchi-bombardimonchi samolyotlarini sotib olishga bo‘lgan ishtahasini jilovlashiga to‘g‘ri keladi: agarda mahkama o‘z so‘rovlarini qisqartirmasa, ajratilgan byudjyet mablag‘lari qolgan qurol-yarog‘ va texnikalarni sotib olishga yetmay qoladi, deya xabar bermoqda Air Force Times.

Hindistonda toshqin oqibatida 20ga yaqin kishi halok bo‘ldi>>

Hindistonning Tamilnad shtati hamda Puducherri ittifoqchi hududida bo‘ron va toshqin oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

ATES sammitiga Putin o‘rniga Medvedev boradi>>

Filippinda 18-19 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ATES sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rniga bosh vazir Dmitriy Medvedev ishtirok etadi.

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri lavozimidan ozod etildi>>

Ozarbayjon Aloqa va yuqori texnologiyalar vaziri Ali Abbosov 12 noyabr kuni o‘z lavozimidan ozod etildi. Bu haqdagi qaror mamlakat prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan imzolangan.

Bolalar semizligi kambag‘allar kasalligi deb tan olindi>>

Shifokorlar ota-onasi kambag‘al bo‘lgan bolalar ko‘p hollarda semizlikdan aziyat chekadi, deya ma'lum qilishdi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi Preventive Medicine jurnalida chop etildi.

Qirg‘izistonlik shifokorlar shaxsiy manfaati uchun bemorlarga qimmat dorilarni yozib berishda ayblandi>>

Qirg‘izistonda shifokorlar o‘z foydasi uchun bemorlarga qimmat turuvchi dori vositalarini yozib berayotganlikda ayblandi. Bu haqda 12 noyabr kuni mamlakat parlamenti deputati Akilbek Sultanov ma'lum qildi.

NYT: Tramp amerikaliklarning maoshlari haddan ortiq baland deb hisoblaydi>>

AQSh prezidentligi uchun nomzodlardan biri Donald Tramp eng kam ish haqi miqdorining oshirilishiga qarshiligini bildirdi. The New York Times nashrida yozilishicha, u amerikaliklar uchun shundoq ham yuqori maoshlar to‘lanmoqda, deb hisoblaydi.

Sochi aholisi bo‘ron xavfi haqida ogohlantirildi>>

Rossiyaning Sochi shahrida davom etayotgan kuchli yomg‘irlar va qor tufayli bo‘ron xavfi yuzaga kelishi xavfi haqida e'lon qilindi. Shahar hokimiyati saytida yomg‘ir tufayli daryodagi suvlarning toshishi mumkinligi haqida xabar qilingan.

Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlari migratsiya borasida harakat rejasini qabul qildi>>

Yevropa Ittifoqi va Afrika mamlakatlari migratsiya inqiroziga qarshi kurash harakatlari qo‘shma rejasini qabul qildi. Bu haqda Valettada o‘tgan Yevropa Ittifoqi—Afrika sammiti so‘nggida YeI kengashi vakili ma'lum qilgan.

Rossiyada IShID safiga yollangan tojikistonlik Afg‘onistonda qo‘lga olindi>>

Afg‘oniston huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari IShID safiga qo‘shilish uchun mamlakatga kelgan Tojikiston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda Afg‘oniston Milliy xavfsizlik xizmati bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga asoslanib, "Interfaks" nashri xabar berdi.

Jahon banki Tojikistonni samarali va manzilli ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirishga chaqirdi>>

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Myuller Tojikistonga tashrifi jarayonida respublika rahbariyatini fuqarolar, ayniqsa, aholining kambag‘al va zaif qatlamining turmush sharoitini yaxshilashga yo‘naltirilgan tuzilmalarni isloh qilishga chaqirdi, deya xabar qildi bank matbuot xizmati.

Qirg‘izistonda yangi islom banki ochiladi>>

Qirg‘izistonda islom bankingi prinsiplari asosida ishlovchi yangi moliyaviy muassasa tashkil etiladi. Bu haqda mamlakat milliy banki xabar berdi.

Yozef Blatter shifoxonadan chiqdi>>

11 noyabr kuni shifoxonaga yotqizilgani xabar qilingan FIFA prezidenti Yozef Blatter bugun shifoxonani tark etdi. Bu haqda Reuter nashri xabar berdi.

Vengriya terma jamoasi sobiq darvozaboni 32 yoshidi vafot etdi>>

Futbol bo‘yicha Vengriya terma jamoasi sobiq darvozaboni Marton Fulop 32 yoshida saraton xastaligi tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Daily Mail nashrining tvitteri orqali xabar berilgan.

Adidas Yevro-2016 turniri uchun ishlab chiqilgan to‘pni namoyish qildi>>

Adidas kompaniyasi Fransiya mezbonlik qiladigan Yevropa chempionati uchun tayyorlagan to‘pini namoyish qildi.

As: «Chelsi» yozda Krishtianu Ronalduni xarid qilishga urinib ko‘radi>>

«Chelsi» mavsum yakunlanganidan keyin «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduni qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

Top