21:04 / 12.11.2015
9315

KUN.UZ dayjesti: 12 noyabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 12 noyabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Astronomlar Quyosh tizimi yaqinida yangi sayyora kashf qilishdi>>

Amerikalik olimlarning ta'kidlashicha, ushbu sayyora juda issiq va unda hayot uchun sharoitlar bo‘lishi amri mahol.

Muslima ayol o‘ziga nisbatan bildirilgan har bir g‘iybatona tvit uchun 1 dollar xayriya qiladi>>

Avstraliyalik jurnalist Volid Alining rafiqasi, islom dinini qabul qilgan Syuzan Karland YUNISEF hisobiga xayriya mablag‘i o‘tkazishning g‘aroyib yo‘lini o‘ylab topdi. U o‘ziga nisbatan bildirilgan har bir g‘iybatona (yomon) tvit uchun 1 dollar xayriya qilishini aytgan.

Bond haqidagi yangi filmdan o‘rin olgan portlash Ginness rekordlar kitobiga kiritildi>>

Bond haqidagi oxirgi film “Spektr”dan o‘rin olgan portlash Ginness rekordlar kitobiga kino tarixidagi eng keng miqyosli portlash tariqasida kiritildi. Bu haqda IndieWire portali yozmoqda.

Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi>>

Qochqinlar oqimining kuchayishi natijasida Finlyandiyada musulmonlar soni pravoslav sonidan ortib ketdi. Bu haqda Yle nashri xabar bermoqda.

Rolls-Royce noodatiy “qaytarib olish kampaniyasi”ni e'lon qildi>>

Oliy toifaga mansub Rolls-Royce avtomobillarini ishlab chiqaradigan kompaniya o‘ziga xos “qaytarib olish kampaniyasi” haqida e'lon qildi. The Financial Times nashrining xabar qilishicha, kompaniya faqatgina bitta mashina – Ghost rusumidagi sedanni qaytarib oldi.

Bolalar semizligi kambag‘allar kasalligi deb tan olindi>>

Shifokorlar ota-onasi kambag‘al bo‘lgan bolalar ko‘p hollarda semizlikdan aziyat chekadi, deya ma'lum qilishdi. Bu borada o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi Preventive Medicine jurnalida chop etildi.

Budapeshtdagi uy devorlaridan Xolokost qurbonlariga oid 6.3 ming formulyar topildi>>

Budapeshtdagi uy devorlaridan Xolokost qurbonlariga oid 6.3 ming formulyar topildi. Aytilishicha, bu shaxsiy kartalar 1944 yili Vengriya yahudiylari tomonidan to‘ldirilgan.

Chilida dunyoning eng katta teleskopi qurilishi boshlandi>>

Yirik Magellan teleskopi (GMT) qurilishi ishlari Chilining Atakama sahrosida olib boriladi. Bu teleskop dunyodagi eng kattasi bo‘lishi kutilmoqda. Qurilish hududiga Chili prezidenti Mishel Bashalet tashrif buyurgan va ilk g‘ishtni qo‘yish marosimida qatnashgan.

BMTga Ka'bapo‘shning bir bo‘lagi sovg‘a qilindi>>

Saudiya Arabistoni Qirolligi 2015 yilgi haj mavsumida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga Ka'bapo‘shning bir bo‘lagini sovg‘a qildi.

Olimlar Yer o‘lchamidagi, Quyosh tizimiga eng yaqin ekzosayyorani aniqlashdi>>

Massachusets universiteti olimlari o‘lchami va vazni bo‘yicha Yerga o‘xshash, Quyosh tizimiga eng yaqin sayyorani aniqlashdi. Bu haqdagi maqola Nature jurnalida chop etildi.

OAV: Xitoyda 470 tonnali oltin xazina aniqlandi>>

Xitoyda o‘tkazilgan Sariq dengiz kunida yirik oltin zaxirasini aniqlashdi. Uning umumiy og‘irligi 470 tonnani tashkil etmoqda, deb xabar beradi South China Morning Post gazetasi.

“Aqlli” soatlar qo‘ldagi buyumlarni tanishga o‘rgatildi>>

Karnegi-Mellon universiteti olimlari va Disney mutaxassislari odam qo‘lidagi buyum metall buyum yoki elektr asbob ekanligini aniqlay oladigan “aqlli” soatlar prototipini ishlab chiqdilar, deb ma'lum qilinmoqda Disney Research bergan bayonotda.

Go‘shtsiz sendvich dunyodagi eng yaxshi burger sifatida tan olindi>>

Amerikadagi GQ jurnali tadqiqot o‘tkazib, "Yeyish va olib yurish mumkin bo‘lgan eng yaxshi 50 narsa" ro‘yxatini tuzdi va dunyodagi eng yaxshi burgerni aniqladi. Unga ko‘ra, Nyu-Yorkning Manxetten tumanida joylashgan Superiority Burger restoranida tayyorlangan go‘shtsiz burger shunday nomga sazovor bo‘ldi. 

Meksikalik qiz 43 ming marotaba zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini ma'lum qildi>>

Odam savdosi qurboni bo‘lgan meksikalik Karla Yasinto (Karla Jacinto) CNN telekanaliga bergan intervyusida 43,2 ming marotaba nomusiga tegilganini ma'lum qildi. U o‘smirlik paytidayoq jinoyatchilar qo‘liga tushib qolgan.

Mutaxassis: 15 yildan so‘ng Moskvada internet butunlay tekin bo‘ladi>>

2030 yilga kelib Moskvada internetdan foydalanish mutlaqo tekin bo‘lishi mumkin. Bu haqda Moskva axborot texnologiyalari tahliliy bo‘linmasi boshlig‘i Aleksey Chukarin aytib o‘tgan.

Independent: Avstraliyada qora tanli talabalar Apple do‘konidan quvib chiqarildi>>

Avstraliyada bir guruh qora tanli talabalar Apple do‘konidan “biror nima o‘g‘irlmasliklari uchun” quvib chiqarildi, deb yozadi The Independent nashri.

Skeytbordchi buldog Ginness rekordlar kitobiga kiritildi>>

Otto laqabli skeytbordchi buldog Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Sky News portalining xabar berishicha, perulik 4 yashar it skeyt ustida 30 kishining oyog‘idan iborat “tonnel” bo‘ylab uchgan.

Yer sayyorasining 6 milliardinchi odami Qozog‘istonda pasport oldi>>

Olmaota maktablaridan birida o‘quvchi Rabiya Yermuxanova 16 yil avval Yer yuzining 6 milliardinchi odamiga aylangan edi. U bugun pasport oldi. Bu haqda 24.kz xabar bermoqda.

Apple kompaniyasi 2016 yilda telefonlar orqali pul to‘lay oladigan ilovani ishga tushirishi mumkin>>

Amerikaning Apple korporatsiyasi 2016 yilda smartfonlar yordamida bir lahzada pul mablag‘larini boshqa hisoblarga o‘tkazish yoki xaridlarni amalga oshirishga imkon beradigan mobil ilovani taqdim etishi mumkin. 

2 hafta oldin yo‘qolib qolgan qirg‘izistonlik internet-klubdan topildi>>

13 kun oldin, 29 oktabr kuni uyidan chiqib ketib, qaytib kelmagan qirg‘izistonlik bu vaqt davomida internet-klubda qolib, "Dota" o‘yini o‘ynash bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Braziliyadagi qamoqxonadan 8 mahbus ozodlikdagi sheriklari qazigan tunnel orqali qochib ketdi>>

Braziliya janubidagi Ibaiti shaharchasi hududida joylashgan qamoqxonadan qochib ketgan 8 nafar mahbus qidirilmoqda.

“Moviy oy” olmosi 48 mln dollarga sotildi>>

Jyenevada o‘tgan Sotheby's auksionida dunyoda kam uchraydigan olmos rekord summaga sotildi. Gap 12,03 karatli “Moviy oy” olmosi haqida bormoqda. U 48 million AQSh dollari hisobiga sotilgan, deb xabar bermoqda Reuters.

2015 yil bo‘yicha jonivorlarning eng kulgili surati e'lon qilindi>>

Yovvoyi dala sichqonining surati 2015 yilda jonivorlarning eng kulgili surati, deb topidi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda. Aynan mana shu surat Comedy Wildlife Photography Awards taqdimotining bosh sovriniga ega bo‘ldi.

Bahrom Nazarov o‘z konsertida hindistonlik mehmonlar uchun hindcha qo‘shiq kuylab berdi>>

2015 yilning 10-11 noyabr kunlari estrada xonandasi Bahrom Nazarov o‘zining ilk yakkaxon konsertini o‘tkazdi. Aytish joizki, konsert dasturi kutilgandan ham a'lo darajada, ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Robotlarga do‘kon peshtaxtalarini nazorat qilish ishonib topshirildi>>

Simbe Robotics kompaniyasi do‘kon peshtaxtalarida barcha mahsulotlarning yetarlicha miqdorda mavjudligi ortidan nazorat olib boruvchi robotni yaratdi, deb xabar bermoqda MIT Technology Review nashri.

Microsoft odam yuz ifodalarini anglay oladigan algoritm yaratdi>>

Microsoft kompaniyasi fotosuratdagi odamning yuz ifodasini aniqlay oladigan algoritm imkoniyatlarini sinab ko‘rish uchun unga demonstratsion kirishni ochdi.

Top