16:46 / 12.11.2015
4262

«Lokomotiv»ning ikki futbolchisi Angliya klubi safida debyut qildi

Angliyaning birinchi divizion vakili “Flitvud Taun” safida o‘z mahoratini oshirayotgan “Lokomotiv”ning ikki nafar tarbiyalanuvchisi – Rustam Nartajiyev va Sergey Proxorov ushbu jamoa safida o‘z debyutlarini nishonlashdi.

Darvozabon va himoyachi “Karlayl Yunayted” bilan kechgan bellashuvning ikkinchi bo‘limida maydonga tushishdi. Bu o‘yin o‘rtoqlik maqomiga ega bo‘lib, unda “Flitvud Taun” futbolchilari 1:2 hisobida yutqazib qo‘yishdi.

O‘yindan so‘ng darvozabon Rustam Nartajiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Men yangi jamoam safida ilk bor maydonga tushganimdan xursandman. Bu men uchun birinchi uchrashuv bo‘ldi va yutqazgan bo‘lishimizga qaramay, o‘yindan rohat oldim. O‘zbekistonda futbol birmuncha sekin, ammo Angliyada ancha tez o‘ynalarkan. Angliyada shug‘ullanib Proxorov ikkalamiz ancha mahoratni oshirib boryapmiz. Bu kelajakda asqotadi deb umid qilaman”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, "Lokomotiv" professional futbol klubi hamda Angliyaning "Flitvud Taun" o‘rtasida hamkorlik shu yilning aprel oyida boshlangan bo‘lib, yozda klub vakillari Stiv Kurvud hamda Gretar Steynsson Toshkentga kelishgandi.

Top