17:58 / 12.11.2015
21092

Meksikalik qiz 43 ming marotaba zo‘ravonlik qurboni bo‘lganini ma'lum qildi

Odam savdosi qurboni bo‘lgan meksikalik Karla Yasinto (Karla Jacinto) CNN telekanaliga bergan intervyusida 43,2 ming marotaba nomusiga tegilganini ma'lum qildi. U o‘smirlik paytidayoq jinoyatchilar qo‘liga tushib qolgan.

Qizning so‘zlariga ko‘ra, u nosog‘lom oilada voyaga yetgan va qarindoshlari tomonidan bolalik vaqtidanoq zo‘rovonliklarga duch kelgan. 12 yoshga to‘lganida Mexikoda 22 yoshli yigit bilan tanishadi va birgalikda Meksikada foxishalarni xorijga sotish bo‘yicha norasmiy markaz sanalgan Tlaskala shtatidagi Tenansingo shahriga borishadi.

Yasinton 15 yoshida birinchi farzandini dunyoga keltiradi, biroq go‘dagi bir yoshga to‘lguniga qadar unga ko‘rsatishmaydi. Nihoyat 2008 yilda politsiya uni qullikdan xalos etadi. Bugun 23 yoshga to‘lgan Yasinton turli konferensiya va ommaviy tadbirlarda o‘z tarixini so‘zlab bergan holda odam savdosiga qarshi kurash olib bormoqda. “Voyaga yetmaganlarni o‘g‘irlashadi, aldashadi va oilalaridan ajratib olishadi.

Sizlar meni tinglashlaringiz kerak. Men bilan sodir bo‘lgan voqealarni tushunib yetishingiz kerak”, - deydi Karla.
The Independent nashrining yozishicha, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (International Organisation for Migration) Meksikada har yili 20 ming kishi shu kabi jinoyatlar qurbonlariga aylanishadi.

Top