16:49 / 12.11.2015
3121

OAV: Afg‘onistonda 12 kishi ekstremistlar tomonidan o‘g‘irlab ketildi

Afg‘onistonning Paktika viloyatida noma'lum shaxslar tomonidan 12 kishi o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Hozircha buning uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmadi. Mahalliy jurnalistlar bunda “Tolibon” qo‘li bor deb hisoblamoqda.
Bunday voqealar Afg‘onistonda tez-tez bo‘lib turadi. Jumladan, oktabr oyida Zobul viloyatida 14 kishi o‘g‘irlab ketilgan edi.

Top