07:13 / 12.11.2015
4736

Olimlar Yer o‘lchamidagi, Quyosh tizimiga eng yaqin ekzosayyorani aniqlashdi

Massachusets universiteti olimlari o‘lchami va vazni bo‘yicha Yerga o‘xshash, Quyosh tizimiga eng yaqin sayyorani aniqlashdi. Bu haqdagi maqola Nature jurnalida chop etildi.

GJ 1132b deb nomlangan bu sayyora Yerdan 1,2 barobar kattaroq va deyarli shunday zichlikka, ya'ni 1 kub santimetrga 6 gramm zichlikka ega. Astronomlarning aytishicha, sayyora Quyoshdan 12 parsek (370 trln kilometr) uzoqlikda joylashgan qizil mitti yulduz atrofida juda yaqin masofada aylanadi.

Quyoshdan mitti yulduzgacha bo‘lgan masofa kelgusida yangi sayyoraning ko‘rsatkichlarini o‘ta katta aniqlikda o‘lchashga imkon beradi.

Top