16:55 / 12.11.2015
2565

O‘zbekengilsanoat: IX xalqaro sanoat yarmarkasi yakunlariga ko‘ra eksport shartnomalari rejaning 102.5 foizi miqdorida imzolandi

IX xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsion birjasi yakunlariga ko‘ra “O‘zbekengilsanoat” kompaniyasi korxonalari hamda xorijiy hamkorlar bilan eksport shartnomalari rejaning 102.5 foizi miqdorida imzolandi.

O‘sish sur'atlari 2014 yilga nisbatan 108.6 foizni tashkil qildi. Bu haqda “O‘zbekengilsanoat” matbuot xizmati ma'lum qildi.

Shuningdek, kompaniya korxonalari o‘rtasida ichki bozorga xom ashyo yetkazish bo‘yicha imzolangan shartnomalar rejadagidan 101.1 foizga ortib, 2014 yil ko‘rsatkichlariga nisbatan 227.9 foizni tashkil qildi.

Top