21:49 / 12.11.2015
10518

Rossiya TIV: IShID Suriya va Iroqda kimyoviy qurol ishlatmoqda

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova IShID va Yaqin Sharqdagi boshqa terrorchilik guruhlari zaharli moddalar, jumladan ipritga egalar, deb aytdi.

“IShID va Yaqin Sharqdagi boshqa radikal guruhlar kimyoviy qurol ishlab chiqarish uchun zarur moddalar va texnologiyalarga egalar hamda ularni borgan sari faollik bilan Suriya va Iroqda qo‘llamoqdalar. Agar avval gap ular tomondan mashiiy va sanoat xloridan kimyoviy qurol sifatida foydalanish haqida ketgan bo‘lsa, unda hozir jangovor zaharli moddalar, jumladan ipritdan foydalanganlik haqida tasdiqlangan ma'lumotlar bor”, deb aytdi Zaxarova.

Avvalroq jangarilar xlor va kimyoviy fosfin kabi kimyoviy qurollardan foydalanganliklari ma'lum qilingandi.

Top