17:36 / 12.11.2015
3230

Vengriya terma jamoasi sobiq darvozaboni 32 yoshida vafot etdi

Futbol bo‘yicha Vengriya terma jamoasi sobiq darvozaboni Marton Fulop 32 yoshida saraton xastaligi tufayli olamdan o‘tdi. Bu haqda Daily Mail nashrining tvitteri orqali xabar berilgan.

Shifokorlar ushbu sportchida 2013 yilning iyunida saraton xastaligini aniqlashgandi. Uning oxirgi jamoasi Gretsiyaning "Asteras" jamoasi bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, ushbu darvozabon Angliyadagi bir qator jamoalarda faoliyat ko‘rsatgan, u "Tottenhem", "Sanderlend", "Ipsvich", "Manchester Siti", "Lester" va "Koventri" kabi jamoalarning sobiq a'zosi hisoblanardi.

Fulop Vengriya milliy terma jamoasi safida 24ta o‘yin o‘tkazgandi.

Top