12:29 / 13.11.2015
8179

AQSh harbiylari Jihodiy Jonning o‘lganiga 99 foizga amin

AQSh harbiylari IShID jallodi, Jihodiy Jon nomi bilan mashhur Muhammad Imvoziyning aviazarbalar oqibatida halok bo‘lganiga 99 foizga amin. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Ilgariroq Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk Raqqa shahriga dron orqali aviazarba berilganini xabar qilgan edi.
“Bizning uning o‘ldirilganiga 99 foiziga aminmiz”, - ta'kidladi Kuk. Uning so‘zlariga qaraganda, dron Jihodiy Jonni kun davomida kuzatgan hamda u uyidan chiqib, mashinaga o‘tirgan paytda zarba bergan.

Jihodiy Jon 2014 yil avgustida amerikalik jurnalist Jyeyms Foulini qatl qilganidan so‘ng ommaga ma'lum bo‘ldi. Mart oyida OAV uning talabalik anketasidan topilgan suratni chop etdi. Suratdan ma'lum bo‘lishicha, u 1988 yilning 17 avgustida dunyoga kelgan. Bundan tashqari, Imvoziyning Vestminster universitetini tamomlagani ma'lum bo‘ldi.

Top