09:45 / 13.11.2015
3589

Bayrutdagi terakt: qurbonlar soni 43 nafarga yetdi

12 noyabr kuni kechasi Livan poytaxti Bayrut shahrida amalga oshirilgan teraktlar tufayli halok bo‘lganlar soni 43 nafarni tashkil qilmoqda. Livan politsiyasi bergan ma'lumotda aytilishicha, terakt natijasida jarohatlangan 200 nafardan ortiq kishi shahardagi shifoxonalarga olib borilgan.

12 noyabr kunining ikkinchi yarmida Bayrutdagi aholi gavjum bo‘lgan ikki hududda terrorchi-hudkushlar o‘zlarini portlatishdi. Bu hududlarda asosan shialar istiqomat qilishadi.

Livan IIV rahbari Nuhad Mashnukning aytishicha, shu kuni jangarilar shaharning 4ta joyida terakt amalga oshirmoqchi bo‘lishgan, portlashlardan biri tufayli uchinchi nuqtaga ketayotgan terrorchi halok bo‘lgan, to‘rtinchisi esa qochib ketgan.

Ushbu teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.

Qayd etilishicha, portlashlar yuz bergan hududda IShIDning asosiy raqiblaridan biri "Hizbulloh" kuchli ta'sirga ega hisoblanadi.

Top