00:36 / 13.11.2015
2826

Facebook akkauntlari bo‘yicha hukumat so‘rovlari 18 foizga ortdi

Butun dunyo bo‘ylab Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi foydalanuvchilar akkauntlari bo‘yicha ma'lumotlar taqdim qilish talab qilingan hukumat so‘rovlari soni 2015 yilning birinchi yarmida 2014 yilning ikkinchi yarmiga nisbatan 18 foizga oshdi, ya'ni 41214 tagacha yetdi, deb aytilmoqda kompaniya bergan hisobotda.

Bu so‘rovlar umumiy miqdorida eng katta ulush AQSh huquq-tartibot muassasalari hissasiga to‘g‘ri kelgan, ya'ni 60 foizdan ko‘prog‘i. AQShdan keyin Fransiya, Germaniya va Buyuk Britaniya kelmoqda. Hindiston va Turkiyadan mahalliy qonunlarga xilof bo‘lgan kontentlarni o‘chirish haqida talab tushgan.

2015 yilning yanvardan iyunigacha Rossiyadan ikkita so‘rov tushgan, ularning ikkovi ham qondirilmagan. AQShning umumiy so‘rovlari 44156 tani tashkil qilgan, ulardan 79,85 foizi qondirilgan.

Butun dunyo bo‘ylab hukumat tuzilmalari ijtimoiy tarmoqdan foydalanuvchilar haqida asosiy ma'lumotlar, IP-adreslarni taqdim qilishni, shuningdek qonunga xilof kontentlarni, jumladan foydalanuvchilarning ba'zi maqolalarini o‘chirishni so‘rab murojaat qiladilar. Kompaniyaning bunday hamkorligi turli davlatlar huquq-tartibot muassasalari tomonidan jinoyatlarni tergov qilishda foydalaniladi.

“Facebook hukumatlarga hech qanday qo‘shimcha yoki foydalanuvchilarning ma'lumotlariga bevosita kirishni taqdim qilmaydi”, deyilmoqda kompaniya hisobotida.

Top