18:53 / 13.11.2015
3736

Iroq kurdlari yetakchisi Sinjar shahri jangarilar qo‘lidan ozod bo‘lganini e'lon qildi

Iroq kurdlari yetakchisi Masud Barzani Sinjar shahri IShID jangarilari qo‘lidan ozod etilganini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

“Sinjarning ozod qilinishi Mosulni qaytarib olish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi”, - dedi Barzani.

Avvalroq kurd harbiylari keng ko‘lamli harbiy amaliyot jarayonida IShID jangarilar tomonidan bosib olingan Iroq shimolidagi Sinjar shahriga kirib borgani ma'lum qilingan edi. Hujumlarni AQSh va koalitsiya aviazarbalari qo‘llab-quvvatlab turdi.

Shahar jangarilar tomonidan 2014 yil oxirida bosib olingan edi. Qayd etilishicha, Sinjar IShID uchun Iroq va Suriyaning Mosul va Rakka shaharlarini bog‘lab turadigan strategik ahamiyatga ega marra hisoblanadi.

Top