22:18 / 13.11.2015
3550

Isroilda barmoq izi bo‘yicha ishga tushuvchi to‘pponcha yaratildi

Isroilning Clipfort startapi barmoq izi bo‘yicha ishga tushuvchi to‘pponcha yaratdi. Bu to‘pponchadan boshqa bir odam foydalana olmaydi, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.

Barmoqlar datchigi o‘qdonda joylashtirilgan. Barmoq izlarini tanish 0,7 soniyada amalga oshiriladi. To‘pponcha yaratuvchilarining aytishicha, to‘pponchada bu tizimning ishlash aniqligi 100000 dan 99999 ni tashkil qiladi. To‘pponcha o‘qdoni M16 miltig‘ida ishlatiladigan patronlar uchun mo‘ljallangan.

Kompaniya bu to‘pponchani yaratish uchun 2 mln dollar jalb qildi va yil oxirigacha yana 4 mln dollar jalb qilmoqchi.

Avvalroq ko‘cha chiroqlariga o‘rnatiladigan GE Lightning tizimi otishma ovozini farqlab, u haqda 911 xizmatiga xabar berishi ma'lum qilingandi.

Top