18:22 / 13.11.2015
7781

Kim Chen In safarlarga alohida mobil hojatxona bilan chiqishi ma'lum bo‘ldi

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In mamlakat bo‘ylab, harbiy bazalar yoki davlat zavodlariga qilgan safarilarida o‘zi bilan alohida mobil hojatxona olib yurishi ma'lum bo‘ldi. Bunday "shaxsiy hojatxona" uning kortejidagi avtobillardan birida joylashgan bo‘ladi. Bu haqda Daily NK nashrida yozilgan.

"Bunday hojatxona Kim Chen In mingan mashinada bo‘lmaydi, uning uchun alohida mashina bo‘ladi. Bunday hojatxona kortejdagi aynan qaysi mashinaga joylashtirilishini aniqlab bo‘lmaydi", deb xabar bergan janubdagi nashr o‘z manbasiga asoslangan holda.
Kim Chen Inga yaqin yana bir manba ham bu ma'lumotni tasdiqlagan.

"U tez-tez safarlarga chiqib turadi. Yo‘lda unga albatta hojatxona zarur bo‘ladi. Axir dohiy oddiy aholi foydalanadigan jamoat hojatxonalariga kirmaydiku", deydi manba.

Qayd etilishicha, KXDR rahbarining safarga shaxsiy hojatxona bilan chiqishiga kulgu bilan qaragan har qanday fuqaro jiddiy jazo oladi.

Ma'lumki, shimollik koreyslar Kim Chen Inni ilohiylashtirish darajasiga borishgan va uni "Daholar dahosi" deya ulug‘lashadi.

Top