11:17 / 13.11.2015
10032

Krishtianu Ronaldu: «Men bir necha ayollar bilan uchrashyapman. Bu o‘ziga xos kasting»

«Real» jamoasining 30 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining shaxsiy hayoti borasida so‘zlab berdi.

«Hozirda bir necha ayol bilan uchrashyapman, ammo "yagonam" borasida hali bir qarorga kelganim yo‘q. Bu o‘ziga xos kasting ekanini ularning ayrimlari biladi. Men uchun bu normal holat.

Agar jiddiy aytadigan bo‘lsam, tanlash oson ish emas. Ayollarning yarmi mashhur bo‘lganim uchun menga qiziqishadi. Bu normal holat, chunki, faqat men bunday emasman. Barcha mashhur insonlar shunday muammoga duch kelishadi.

Menda o‘zimga bo‘lgan ishonch kuchli. Menda baland qomat bor, barcha tishlarim ham joyida», – deydi Ronaldu.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yildan beri rossiyalik top-model Irina Sheyk bilan uchrashib yurgan Ronaldu u bilan shu yilning yanvar oyida aloqani uzgandi.

Top