21:28 / 13.11.2015
3903

Manba: A321 "qora qutisi" yozuvlarining nusxalari Rossiya, GFR, Fransiya va Irlandiyaga yuborilgan

31 oktabr kuni Sinayda halokatga uchragan A321 samolyotiga tegishli "qora quti" yozuvlari 4 davlat vakillariga jo‘natilgan. Bu haqda "Interfaks" nashri Qohiradagi manbasiga asoslangan holda xabar qilgan.

"Qora quti" aniqlangan vaqtda Misrdan tashqari Rossiya, GFR, Fransiya va Irlandiyada ham undagi yozuvlarning nusxalarini olishgan. Original yozuvlar esa Misrda qolgan", deydi manba.

Biroz avvalroq, OAVlarda A321 samolyoti bortida taymer o‘rnatilgan bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «Kogalimavia» kompaniyasiga tegishli bo‘lgan Airbus 321 Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchgan samolyot 31 oktabr kuni Misrda halokatga uchragandi. Samolyot bortida bo‘lgan 224 nafar, jumladan 217 nafar yo‘lovchi (ularning 25 nafari bolalar) halok bo‘lgandi.

Top