09:02 / 13.11.2015
2798

Obama Liberiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Liberiyaga nisbatan kiritilgan iqtisodiy sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarorni imzoladi. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Oq uydagi rasmiy vakili Ned Prays ma'lum qildi.

Praysning aytishicha, AQSh bu qarorni qabul qilishda “Liberiya 2003 yilda fuqarolik urushi boshidan erishgan katta taraqqiyot, ayniqsa mamlakatning demokratiyaga amal qilishi va uning siyosiy, ma'muriy va iqtisodiy muassasalarini rivojlantirganini” e'tiborga oldi.

Liberiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar 2004 yilning iyulida AQShning sobiq prezidenti Kichik Jorj Bush tomonidan Liberiyada yuz bergan harbiy ixtilof sababli kiritilgan edi.

Top