10:39 / 13.11.2015
3357

Pentagon: amerikalik harbiy maslahatchilar IShIDga qarshi kurashda kurdlarga yordam bermoqda

Amerikalik harbiy maslahatchilar Iroq hududida kurdlarning IShIDga qarshi kurashida ularga yordam ko‘rsatadi. Bu haqda Pentagon matbuot xizmati kotibi Piter Kuk CNN kanali orqali ma'lum qilgan.

"Amerikalik harbiylar jangarilarga qarshi kurashning oldingi frontlarida turib kurd qo‘mondonlari bilan hamkorlik qilishmoqda. Shuningdek, Sinjar tog‘larida ham amerikalik harbiy maslahatchilar guruhi joylashtirilgan, ular harbiy samolyotlarning samarador amaliyotlar o‘tkazishini ta'minlashadi", deydi u.

Uning ma'lum qilishicha, kurdlarga boshqa mamlakat vakillari ham yordam ko‘rsatishmoqda.

Top