15:33 / 13.11.2015
2675

Qirg‘izistonda keyingi haj mavsumida hali hajga bormaganlarning murojaati birinchi navbatda inobatga olinadi

"Hozirda haj ziyoratiga borishni istovchilar miqdori oshmoqda. Bu vaqtda esa Saudiya Arabistoni sharoitlarni yaxshilash maqsadida o‘rinlarni 20 foizga qisqartirishini ma'lum qilgan", deya ma'lum qilgan Qirg‘iziston Oliy muftiyati vakili Zamir Rakiyev.

Uning ma'lum qilishicha, shu tufayli Qirg‘izistonda yangi haj mavsumida birinchi navbatda Makka va Madina ziyorati uchun ilk bor otlanganlarning murojaati qondiriladi.

"Avval ham haj ziyoratini amalga oshirishga ulgurganlar uchun biz kichik hajga borishni tavsiya qilamiz. Ilk marta hajga bormoqchi bo‘lganlarda esa muammo bo‘lmaydi", deydi Rakiyev.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilgi haj marosimi vaqtida 2 marta ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Dastlab qurilish krani ziyoratchilar ustiga qulashi, biroz o‘tib tiqilinch tufayli 1000ga yaqin ziyoratchi olamdan o‘tdi. Shu tufayli Saudiya Arabistoni Makkadagi sharoitlarni yaxshilashga kirishgan.

Top