12:41 / 14.11.2015
10918

AQSh Parijdagi turkum teraktlarning ehtimoliy tashkilotchisini ma'lum qildi

AQSh razvedkasi Parijdagi qo‘poruvchilik harakatlari hujumlarning murakkabligiga ko‘ra IShID emas, balki “Al-Qoida” tomonidan tashkil etilgan, deya hisoblamoqda.

“Parijdagi hujumlar ularning murakkabligiga ko‘ra IShIDning ishiga o‘xshamaydi”, - iqtibos keltirmoqda NBC telekanali AQSh razvedkasidagi terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yuqori lavozimli amaldor so‘zlaridan. Ekspert fikriga ko‘ra, muvofiqlashtirishning yuqori darajasi “Al-Qoida”ga ishora qilmoqda

Bundan avvalroq esa IShID turkum teraktlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani haqidagi murojaat bilan chiqqan edi.

OAV vakillari esa terroristlar Bataclan konsert zalini Charlie Hebdo jurnali sababli tanlashganini taxmin qilgan edi. Zalga kirish qismidagi taxtachaga «Je suis Charlie» (Men — Sharliman) degan yozuv qayd qilingan.

Italiyaning La Repubblica nashri terrorchilarning nashr tahririyatiga hujumi natijasida qurbon bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan taxtacha rasmini chop etdi. Jurnalistlar fikricha, aynan shu narsa terrorchilarning qo‘poruvchilik uchun joylarni tanlashida hal qiluvchi omil vazifasini bajargan.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Turli taxminlarga 150 nafargacha kishi qurbon bo‘lgan.

Top