23:49 / 14.11.2015
6874

Bekxem va Fergyuson jamoasi Manchesterdagi xayriya o‘yinida g‘olib bo‘ldi (FOTO + VIDeO)

14 noyabrda Manchesterda “Old Trafford” stadionida Devid Bekxem va UNICEF jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan xayriya futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Aleks Fergyuson boshqargan Buyuk Britaniya va Irlandiya terma jamoasi va Karlo Anchelotti boshqargan qolgan dunyo jamoasi ishtirok etdi. O‘yin 3:1 hisobida Fergyuson shogirdlari hisobiga yakunlandi. Gollarni Pol Skoulz, Duayt York va ikki marta Maykl Ouen kiritdi.

Terma jamoalarga Bekxem va Luish Figu murabbiylik qildi. Dunyo terma jamoasida Zinedin Zidan va Patrik Viyeyra ishtirok etishi kerak edi, biroq ular Parijdagi teraktlar tufayli ishtirok etishni rad etishdi. 1-bo‘limda uchrashuvga Perluidji Kollina, 2-bo‘limda Entoni Teylor hakamlik qildi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Bekxem o‘rniga uning 16 yoshli o‘g‘li Bruklin maydonga tushdi.

Uchrashuvdan tushgan barcha mablag‘lar UNICEF bolalar jamg‘armasiga beriladi.

Buyuk Britaniya va Irlandiya terma jamoasining asosiy tarkibi quyidagicha ko‘rinish oldi: Djyeyms, F. Nevill, Karrager, Terri, Kempbell, Bekxem, Batt, Fletcher, Giggz, Skoulz, Krauch.
Zaxira o‘yinchilar: Simen, E. Koul, Sinkleyr, Ouen, A. Smit, Makallister.

Qolgan dunyo terma jamoasi tarkibida ushbu o‘yinchilar joy oldi: van der Sar, Kafu, Silvestr, Koutu, Figu, Pires, Klyuyvert, Sulsher, Zeyedorf, Chji-Sun, Ronaldino.
Zaxira o‘yinchilar: Yyerro, York, van der Gau, Donovan.

Top