16:56 / 14.11.2015
11782

Guli Asalxo‘jayeva nega ovozini yo‘qotib qo‘ygani tushuntirildi

O‘zbekistonlik xonanda Guli Asalxo‘jayevaning ma'muri Ravshan Xo‘jayev san'atkor ovozini yo‘qotib qo‘ygani haqidagi savollarga javob berdi.

“Darakchi” nashrining eslatib o‘tishicha, xonanda Murod Manzur bilan kuylangan duetda Asalxo‘jayeva o‘zinikiga o‘xshamagan, xirqirdoq ovoz bilan kuylagan. Bu muxlislarning taajjubiga sabab bo‘lgan.

“Guli ovozini yo‘qotgani yo‘q, - ta'kidladi Xo‘jayev. – Shunchaki Murod Manzur duetni o‘z ovoz tembrida, mustaqil ravishda kuylab, qo‘shiq tayyor bo‘lganidan so‘ng Gulini birga duet kuylashga taklif qilgan. Ya'ni ushbu duet qo‘shiq ikki xonanda tomonidan bir vaqtning o‘zida kuylanmagan. Guli qo‘shiqni o‘z ovoz tembrida emas, Murod Manzurning ovoz tembriga moslab kuylashga harakat qilgani uchun ijrosi shunaqa, biroz g‘alati chiqqan”.

Shu bilan birga, xonandaning ma'muri Guli Asalxo‘jayevaning yangi, hazilomuz ijod namunasiga qo‘l urgani haqida aytib o‘tdi.

Top