00:55 / 14.11.2015
4982

Obama IShID kuch to‘plamoqda deb hisoblamasligini aytdi

AQSh prezidenti Barak Obama IShID terrorchilik guruhi kuch to‘plamoqda, deb hisoblamasligini aytdi.

Obama bu haqda AVS telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Men IShID jangarilari kuch to‘playapti, deb o‘ylamayman. Ular Iroqdagi yerlarni egallab olmayapti. Suriyada ham xuddi shunday – kirib, chiqib ketishadi”, dedi Obama.

Obamaning aytishicha, AQSh IShIDni to‘xtatishda katta muvaffaqiyatlarga erisha oldi, biroq bundan ko‘prog‘ini amalga oshirish lozim.

Top