09:39 / 14.11.2015
6037

Parijga 1,5 ming askar yetib keldi

Fransiya poytaxti Parij shahriga terroristik tahdidlar havfi mavjudligi bois 1,5 ming nafar fransuz harbiylari yetib keldi, deya xabar qildi France24 telekanali Ichki ishlar vaziri Bernar Kaznev ma'lumotiga asoslangan holda.

Avvalroq esa Parijda besh jangari o‘ldirilgani xabar qilingan edi.
Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan,

“Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top