12:34 / 14.11.2015
5819

Qozog‘istondan o‘g‘irlab kelingan 178 bosh qo‘y va echki davlat foydasiga musodara qilindi

O‘zbekistonning huquq-tartibot organlari qo‘shni Qozog‘iston hududidan qo‘y va echki o‘g‘irlab kelgan bir guruh shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Aytilishicha, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi fuqapr Marat Husanov qarindoshlari Olimboy Ashrapov, Nurlan Jonliyev va hamqishlog‘i Ahmad Miskinovlar bilan kelishgan holda qo‘shni respublika hududiga o‘tib, u yerdan umumiy qiymati 80.6 mln so‘mlik 178 bosh qo‘y va echki o‘g‘irlab o‘tishgan.

Ular o‘g‘irlik jonivorlarni Xumson qishlog‘i orqali olib o‘tayotganida chegara harbiy xizmatchilari tomonidan qo‘lga olindi. Qo‘y va echkilar esa davlat foydasiga musodara qilindi.

Top