11:18 / 14.11.2015
5084

Rossiya TIV: AQSh va Saudiya Arabistoni Suriya muxolifati rahbarlari ro‘yxatini taqdim etdi

AQSh va Saudiya Arabistoni Rossiyaga Suriya muxolifati rahbarlarining ro‘yxatini jo‘natgan. Bu haqda RF prezidentining Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlari bo‘yicha maxsus vakili, Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Mixail Bogdanov ma'lum qilgan.

Uning qayd etishicha, AQSh tomonidan yuborilgan ro‘yxatda 20ga yaqin kishining nomi mavjud va ular Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasidagi muzokaralarda qatnashishi mumkin.

"Ha, muxolifat yetakchilaridan 20 nafariga yaqini haqida ma'lumotlar kelib tushdi. Saudiyaliklar yuborgan ro‘yxat ham AQSh yuborgani bilan deyarli bir xil", deydi Bogdanov TASS nashriga bergan intervyusida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ro‘yxatdagi ko‘p nomlar siyosatchilarga avvaldan ma'lum.

"Ro‘yxatda nomlari qayd etilganlar Suriya oppozitsion va inqilobiy koalitsiyasinng Istanbuldagi ofisida faoliyati yuritishadi. Gap Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etayotgan harbiy boshliqlar xususida ketmayapti", deya aniqlik kiritgan Bogdanov.

"Ertangi uchrashuvda Suriya hukumati va muxolifat o‘rtasidagi muzokarada ishtirok etuvchi vakillarning nomlariga aniqlik kiritiladi", deydi u.

Top