10:24 / 14.11.2015
3103

Xitoy va Janubiy Koreya Fransiya xalqiga o‘z hamdardligini bildirdi

XXR raisi Si Tszinpin Fransiya xalqiga Parijdagi turkum teraktlar sababli o‘z hamdardligini bildirdi, deya xabar qilmoqda Reuters.
Xitoylik siyosatchi terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishga tayyor ekanini ma'lum qildi.

Shuningdek, Janubiy Koreya hukumati ham ko‘plab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lgan zo‘ravonlik aktidan chuqur qayg‘uda ekanini bildirdi, deya xabar qildi “Ryonhap” agentligi.
Avvalroq boshqa mamlakatlar, jumladan, AQSh, Rossiya, Ukraina prezidentlari ham o‘z hamdardligini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Parijda 13 noyabr kechasi 6 tadan 7 tagacha terakt amalga oshirilgan: 4 ta hujumda odamlarga qarata o‘q uzilgan, “Bataklan” konsert zalida odamlar garovga olingan, shahar chetidagi “Stad de Frans” stadioni yonida 3 ta portlash sodir etilgan. Ushbu hujumlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Top