12:15 / 14.11.2015
6655

Yashnobodlik firibgar qiz 11.5 yilga qamaldi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida bir necha shaxslarni aldab, umumiy miqdorda 17 mln so‘m pulni o‘zlashtirgan Gulmira Abdullayeva sud qarori bilan 11.5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Abdullayeva tanishi Baxtiyor Habibullayevni aldab, uning 8.7 mln so‘m pulini o‘zlashtirgan.

Bundan tashqari, u Nozima Tairova ismli ayolga tegishli 8.4 mln so‘mlik ko‘rpa-to‘shaklarni sotish bahonasi bilan olib chiqib ketib, ulardan ko‘rilgan daromadni ham o‘zlashtirgan.
Jabrlanuvchilarning qo‘shma murojaati asosida ish o‘rganib chiqilib, Abdullayeva jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Top