11:26 / 15.11.2015
5927

AQSh va Xitoyga javob: Saudiya Arabistoni Lotin Amerikasi bilan erkin savdo zonasi barpo etmoqchi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdul Aziz al Saud Yaqin Sharq mintaqasi va Lotin Amerikasi davlatlari ishtirokida erkin savdo zonasi masalasini ko‘rib chiqishga chaqirdi.

“Biz erkin savdo, ikki tomonlama soliq to‘lashdan qochish, har ikkala mintaqa davlatlaridagi sarmoyalarni kengaytirish va himoyalash to‘g‘risida shartnomani imzolash haqidagi masalani ko‘rib chiqishga chaqiramiz. Mazkur bitim o‘rtamizdagi savdo munosabatlarini mustahkamlash uchun normativ-huquqiy baza bilan ta'minlaydi”, - dedi qirol Ar Riyodda bo‘lib o‘tgan IV Lotin Amerikasi va arab davlatlari sammitini ochar ekan.

Saudiya qiroli yaqin iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi ikki hudud mamlakatlariga zamonaviy dunyoda ular duch kelib turgan moliyaviy qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli yengib o‘tish imkon beradi.

Ikki kunlik sammitda 22ta arab va 12ta Lotin Amerikasi davlatlari delegatsiyasi ikki mintaqa xavfsizligi va iqtisodiy taraqqiyotiga daxldor bir qator masalalarni muhokama etishadi. Jumladan, Suriya, Yaman, Liviyadagi inqiroz, shuningdek, Argentina va Britaniya o‘rtasidagi Folklend orollariga egalik qilish bo‘yicha da'volarni siyosiy yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Top