22:53 / 15.11.2015
4047

Parijdagi terakt ijrochilaridan biri ozodlikda qolmoqda

Fransiya fuqaroligiga ega bo‘lgan, 13 noyabr kuni Parij shahridagi davomli teraktlarni amalga oshirishda qatnashganligi gumon qilinayotgan shaxsni qidirish ishlari olib borilmoqda. Assoshieyted Press nashri xabariga ko‘ra, u terakt ijrochilari bo‘lgan 3 nafar fransiyalik aka-ukalardan biri bo‘lgan.

Uning akalaridan biri Belgiyada qo‘lga olingani, ikkinchisi "Bataklan"ni ozod qilish vaqtida o‘ldirilgani aytilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 129 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 352 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 99 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top