20:29 / 15.11.2015
9128

Putin va Obama G20 sammiti doirasida alohida uchrashib, gaplashib olishdi

AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin G20 sammiti doirasida alohida uchrashib, 20 daqiqa davomida suhbatlashishdi.

Ular BRIKS rahbarlari uchrashuvi va kunning asosiy sessiyasi oralig‘idagi tanaffusdan foydalangan holda bir stol atrofida uchrashishgan.

Ma'lum qilinishicha, Obama va Putin ro‘parama-ro‘para o‘tirgan holda tarjimonlar orqali suhbatlashishgan.

Suhbat mavzusi OAVga oshkor etilmagan.

Biroz oldinroq, ularning sammit arafasida qo‘l berib ko‘rishishgani va suratga tushishgani xabar qilingandi.

Top