14:50 / 15.11.2015
2760

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi poraxo‘rlik haqidagi xabarlarni WhatsApp orqali qabul qilishni boshladi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi fuqarolarning davolash va ma'lumotnomalar berish vaqtida pora talab qilgan tibbiyot xodimlari haqida WhatsApp orqali axborot berishlari mumkinligi to‘g‘risida e'lon tarqatdi. Bu haqda vazirlik matbuot markazi xabar berdi.

Vazirlik fuqarolardan shifokor va o‘rta tibbiyot xodimlarining tibbiy yordam ko‘rsatish, ma'lumotnoma berish, davolanish uchun yo‘llanma taqdim etish, tibbiy va xizmat ko‘rsatish bilan mashg‘ul shaxslar tomonidan xurmatsizlik va loqayd munosabatda bo‘lishi, sanitar-gigiyenik talablarning buzilishi va boshqalar to‘g‘risida mobil ilova orqali xabar qilishlarini so‘radi.

Eslatib o‘tamiz, 12 noyabr kuni Qirg‘iziston parlamenti deputati Akilbek Sultanov mamlakatda shifokorlar o‘z foydasi uchun bemorlarga qimmat turuvchi dori vositalarini yozib berayotgani haqida ma'lum qilgan edi. Uning fikricha, farmatsevtika kompaniyalari dorilarni shifokorlar orqali sotmoqda, doktorlar esa buning uchun bonuslar olishmoqda.

Top