07:39 / 15.11.2015
3689

Suriya harbiy-havo kuchlari terrorchilarning 7 ta qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Suriya Qurolli kuchlari rasmiy vakili Ali Mayhubning ma'lum qilishicha, oxirgi ikki kun ichida Suriya harbiy-havo kuchlari 151 ta jangovor parvoz amalga oshirib, 323 ta nishonga zarbalar berdi. Natijada terrorchilarning 7 ta qo‘mondonlik punkti yakson qilindi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Oxirgi ikki kun ichida Suriya harbiy-havo kuchlari 151 ta jangovor parvoz amalga oshirib, 323 ta nishonga zarba berdi. Xoms shahridan sharqiy tomonda terrorchilarning 7 ta qo‘mondonlik punkti yo‘q qilindi. Shuningdek, Xama shahridan shimoliy tomonda ikkita o‘q-dori ombori, pulemyotlar bilan qurollangan avtomobillar, Xoms va Halab shahri atrofidagi bir nechta terrorchilar otryadlari yo‘q qilindi. Shuningdek,Idlib viloyati va Halab shahridan janubi-g‘arbiy tomonda 20 ta zirhli mashina yakson qilindi”, deb aytdi Mayhub.    

Top