16:04 / 15.11.2015
5632

Turkiya janubi-sharqida terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yubordi

IShID terrorchilik guruhiga mansub deya taxmin qilinayotgan terrorchi-xudkush Turkiya janubi-sharqidagi Gaziantep shahrida o‘zini portlatib yubordi.

AFP agentligi ma'lumotiga ko‘ra, hodisa natijasida to‘rt nafar politsiya xodimi jarohat oldi.
OAV ma'lumotlariga ko‘ra, portlash turk politsiyasi tomonidan reyd olib borilayotgan vaqtda sodir etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning 15-16 noyabr kunlari Turkiyaning Antaliya provinsiyasidagi Belek kurort shaharchasida “katta yigirmatalik” mamlakatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning iqtisodi taraqqiy etgan va rivojlanayotgan 20 mamlakati rahbarlari global iqtisodiyot va moliyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilishadi.

Top