10:30 / 16.11.2015
8499

Britaniya Misrdagi aviahalokatni uyushtirganlarning nomini aytdi

Rossiyaga tegishli A321 samolyotining Sinayda halokatga uchrashiga sababchi bo‘lgan guruh IShIDdir. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati tarqatgan matbuot xabarnomasida aytildi.

“Hukumat Misrda ikki hafta muqaddam sodir bo‘lgan Metrojet aviahalokatdan so‘ng o‘zining aviatsion xavfsizlikka bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmoqchi, chunki bu voqea bomba portlashi oqibatida sodir bo‘ldi deb hisoblaydi hamda bunda IShIDning qo‘li borligini taxmin qilmoqda”, - deyiladi hujjatda.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron dushanba kuni aviaxavfsizlik masalalarini Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda G20ning boshqa yetakchilari bilan muhokama qilmoqchi.

Top