13:09 / 16.11.2015
7109

G20 sammitida 3ta mushuk ishtirok etdi

Turkiyada o‘tayotgan G20 sammitida rasmiy tadbirlar o‘rtasidagi tanaffus chog‘ida 3ta mushuk sahnaga chiqdi, deb yozadi The Independent nashri.

Nashrning hazil tarzida qo‘shimcha qilishicha, “bu uchlik “Katta yigirmalik”ning ikki eng qudratli prezidentlari – Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Oq uy rahbari Barak Obamani ikkinchi darajaga chiqarib qo‘ydi”.

Sammitda ishtirok etgan muxbirlar sahnaga navbatma-navbat chiqqan jonivorlarni obektivlarida qayd qilishdi. Tadbirdagi qo‘riqchilar ularni quvib yuborishga harakat qilishmadi.
Bo‘lib o‘tgan voqea ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Bu mushuklar sekyuritidir – ular nanokameralarga ega”, - deb yozdi Twitter foydalanuvchilaridan biri.
“Afsuski, sammit CATstantinopolda (Istanbulga ishora) emas”, - qo‘shimcha qildi yana bir yuzer.

Top