20:47 / 16.11.2015
3834

OAV: joriy yilda 140 mingdan ziyod kishi Afg‘onistonni tark etgan

Joriy yilda 146 ming nafar kishi Afg‘onistonni tark etib, Germaniya tomon yo‘nalgan, deb xabar bermoqda Khaama Press agentligi.

Afg‘oniston parlamentining quyi palatasi 16 noyabr kuni Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy va qochqinlar ishi bo‘yicha vazir Said Balxiydan mamlakatni tark etuvchilar soni oshib borayotgani haqida tushintirish berishlarini talab qildi. Ma'lum qilishlaricha, ikkala amaldor ham xavfsizlik va ish o‘rinlari yaratish borasida loqaydlikka yo‘l qo‘yishgan.

Afg‘onistonda “Tolibon” muxolifat harakati bilan hukumat qo‘shinlari o‘rtasida doimiy ravishda to‘qnashuvlar sodir bo‘lib keladi. Ushbu to‘qnashuvlarning asosiy qurbonlari esa tinch aholi vakillari bo‘lib qolmoqda.

Top