07:50 / 16.11.2015
2593

Olland favqulodda rejim tartibi muhlatini 12 kundan 3 oyga uzaytirish taklifi bilan chiqdi

Fransiya prezidenti Fransua Olland parlamentda chiqish qilib, mamlakatda favqulodda rejim holatini joriy qilish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish taklifini bildirdi. Bu haqda Reyter xabar tarqatgan.

Prezident favqulodda rejim tartibi muhlatini amaldagi 12 kundan 3 oyga uzaytirishni taklif qilgan.

Qayd qilinishicha, Olland parlamentariylar bilan maxsus uchrashuvda aynan shu masalani muhokama qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 14 noyabrga o‘tar kechasi Fransiya poytaxti Parij shahrida IShID jangarilari tomonidan davomli teraktlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu xunrezliklar natijasida 132 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar soni 349 nafarni tashkil etadi. Jarohatlanib shifoxonaga yotqizilganlarning 96 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Top