19:21 / 16.11.2015
3131

O‘zbekiston U-19 ikkinchi o‘yinda ham Belarusni mag‘lub etdi

Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Toshkentdagi "Jar" stadionida 16 noyabr kuni Belarus U-19 terma jamoasiga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Jamoalarning o‘zaro dastlabki uchrashuvida o‘zbekistonliklar 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritgandi. Ikkinchi uchrashuv ham Abduraimov shogirdlari g‘alabasi bilan yakun topdi. Bu safar hisob biroz kattaroq ko‘rinish oldi —3:1.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida Behzod G‘anijonov hamda Doston Ibragimov raqib darvozasini bir boradan ishg‘ol qilgan bo‘lsa, ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushgan Suhrob Nurullayev uchinchi golga mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi kelasi yili Bahraynda bo‘lib o‘tadigan U-19 yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga tayyorlanmoqda.

Top