18:56 / 16.11.2015
3730

Qoros kompaniyasi to‘rt eshikli kabrioletini namoyish qildi

Xitoyning Chery firmasi va Isroilning Israel Corporation konsorsiumi tomonidan tashkil etilgan Qoros kompaniyasi to‘rt eshikli Qoros 6 kabrioletini taqdim etdi. Prototip namoyishi ishlab chiqaruvchining Shanxaydagi zavodida korporativ tadbirlar doirasida tashkil etildi. Bu haqda Carnewschina xabar qildi.
Kompaniya xodimlari mehnati bilan ishlab chiqilgan kabriolet Qoros 3 sedani shassisi asosida bunyod etildi. Ayni paytda avtomobilning jamlanadigan tom qismi mavjudligi borasida ma'lumotlar yo‘q, suratlarda esa uning faqatgina ochiq holatdagi ko‘rinishi o‘z aksini topgan.


Bunday kabrioletlarning turkum ishlab chiqarilishi haqida xabar qilinmadi. Biroq xitoylar Qoros 3 xechbeki bazasi asosida ikki eshikli tijoriy kabriolet ustida haqiqatdan ham ish olib bormoqda.


Yangi modelga quvvati 126 va 156 ot kuchiga teng atmosferali hamda turbinali 1,6 litr hajmga ega motorlarni o‘rnatish taklif qilinmoqda. Transmissiya (dvigatel harakatini g‘ildirak va tasmalar orqali boshqa mexanizmlarga uzatuvchi maxsus qurilma) vazifasini olti bosqichli “mexanik” yoki xuddi shu diapozondagi “robot” bajaradi. Kabrioletning ilk namoyishi 2016 yilda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Top