15:39 / 16.11.2015
8328

Sport TV kanali Yaman va O‘zbekiston terma jamoalari uchrashuvini to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilishi kutilmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 17 noyabr kuni Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 8-tur uchrashuvlari doirasida Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zbekistondagi ko‘plab muxlislarni mazkur o‘yinning Sport TV telekanali orqali namoyish etilishi borasidagi savol qiziqtirmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, Yaman – O‘zbekiston o‘yini Sport TV telekanali orqali jonli ravishda olib ko‘rsatiladi. Hozirda ushbu o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etish borasidagi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur uchrashuv ertaga, 17 noyabr soat 20:30da Qatar poytaxti Doha shahridagi "Grand Hamad Stadium"da boshlanishi rejalashtirilgan.

Top