18:06 / 16.11.2015
4584

Toshkent viloyatidan bo‘lgan shaxs 15 nafar qishloqdoshini Rossiyaga olib borib, 6 300 dollarga sotib yubordi

Toshkent viloyatidan bo‘lgan shaxs 15 nafar qishloqdoshini Rossiyaga olib borib, 6 300 dollarga sotib yubordi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Nasibjon ismli yigit kirakashlik bilan kun kechirib kelgan. Bir kuni u do‘sti Baxtiyor orqali chet ellik Ilyos va Andrey ismli yigitlar bilan tanishgan. Ular Rossiyada o‘zbek taomlari tortiladigan restoran ochishni rejalashtirishgan. Nasibjon ularga o‘zbekcha milliy liboslar, haykalchalar, rasmlar, matolar, pardalar va boshqa narsalar xarid qilishga yordam bergan. Shundan so‘ng ular aloqada bo‘lib turishgan.

Bir kuni Nasibjonga qishlog‘idan yosh yigitlarni to‘plab, Rossiyaga olib kelish taklif qilingan. Nasibjon turli aldov yo‘llari bilan 15 yigitni to‘plab, ularga 500-600 dollar maosh va'da qilgan. Qozog‘iston orqali noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilgan yigitlar Saratovga olib kelinib, u yerda Nasibjon tomonidan 6 300 dollarga sotib yuborilgan.

Bu yerda yigitlar og‘ir mehnatga majbur qilingan va hech qanday maosh olingan. Bir muddatdan so‘ng ular o‘z yurtlariga qaytishga muvaffaq bo‘lishgan va bu yerda Nasibjon ustidan tegishli idoralarga arz qilgan.

Sud qarori bilan Nasibjon inson savdosida ayblanib qamoqqa olindi.

Top