17:42 / 16.11.2015
4832

Turkiya Fransiyaga Parijdagi terroristlar haqidagi ma'lumotlarni taqdim etgan

Turkiya hukumati 2014 va 2015 yillarda ikki marotaba fransuz tomoniga Parijdagi terroristik hujumlarning taxminiy ishtirokchilaridan biri to‘g‘risidagi ma'lumotlarni taqdim etgan, deya xabar bermoqda Reuters agentligi yuqori lavozimli turk amaldoriga asoslangan holda.

Agentlik suhbatdoshining xabar qilishicha, gumondor shaxs 2013 yilda Turkiyaga kelgan, biroq uning chiqib ketgani to‘g‘risidagi ma'lumotlar turk tomonida mavjud emas. Axborot manbasi so‘zlariga ko‘ra, Parijdagi teraktlardan so‘ng Turkiya Fransiyadan gumondorlar to‘g‘risida ma'lumotlar taqdim etishini so‘rab murojaat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 13 noyabr kuni tunda Parij shahrida turkum terroristik hujumlari sodir etilgan edi. Jarohat olganlar soni 352 nafarni tashkil etib, ulardan 99 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Fransiyadagi qo‘poruvchiliklar xavfsizlik va terrorizm masalasini yana bir bor dunyo siyosatining kun tartibiga olib chiqdi.

Top