19:37 / 16.11.2015
3653

WikiLeaks Oq uy bilan bog‘liq korruptsion mojaro haqidagi ma'lumotlarni oshkor etmoqchi

WikiLeaks tashkiloti Oq uy bilan bog‘liq ko‘p milliard dollarlik korruptsion mojaro bo‘yicha 30 soatlik audioyozuvni chop etmoqchi. Bu haqda 16 noyabrda tashkilotning Twitter mikrobloglar tarmog‘idagi sahifasida chop etildi.

Hozircha tashkilotga tegishli ma'lumotni kim bergani va gap qanday voqea haqida ketayotgani noma'lum.

WikiLeaks tashkiloti 22 oktabrda Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Brennanning elektron pochtasidan o‘g‘irlangan ikkinchi materiallar to‘plamini chop etgan. Oshkor etilgan materiallar orasida 2008 yil 20 noyabr sanasi qo‘yilgan tahliliy maktub bo‘lib, unda AQShning Afg‘oniston va Pokistonga nisbatan strategiyasini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar hamda AQSh senatining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi tomonidan tuzilgan bu hujjatga izohlar berilgan. Bundan tashqari, Wikileaks’da Brennanga tegishli ekanligi taxmin qilinayotgan elektron pochtadagi kontaktlar ro‘yxati joylashtirilgan.

Top