10:27 / 16.11.2015
2495

Yaponiya hukumati: YaIM ikki chorakdan buyon qisqarmoqda

Yaponiya iqtisodiyoti retsessiya holatiga tushib qoldi – mamlakat yalpi ichki mahsuloti ikki chorakdan buyon qisqarmoqda. Bu haqda mamlakat hukumati xabar berdi.
Joriy yilning iyul-sentabr oylarida YaIM 0.8 foizga tushib ketdi.

Ikkinchi chorakda YaIM 0.7 foizga qisqardi. Bunga sabab bo‘lgan asosiy omillar Xitoy iqtisodiyotidagi salbiy tendensiyalarning ko‘payishi hamda tovarlarga bo‘lgan talabning tushib ketishi bo‘ldiyu. Bu Yaponiya biznesini ishlab chiqarish va investitsiyalar hajmini tushirishga majbur qilmoqda.

Shu bilan birga, uchinchi chorakda ichki iste'mol talabi 0.5 foizga oshdi, bu esa YaIMning 60 foizini shakllantiradi. Shu munosabat bilan iqtisodiyotni tiklash vaziri Akira Amari jurnalistlarga to‘rtinchi chorakda o‘sishni kutayotganligini aytdi.

Top