14:45 / 17.11.2015
5409

A321 halokati rossiyaliklarga nisbatan amalga oshirilgan ikkinchi yirik terakt bo‘ldi

A321 halokati rossiyaliklarga qarshi teraktlar ichida "Beslan fojiasi"dan keyingi ikkinchi yirik terakt sifatida qayd etildi. Bu ma'lumot ochiq ma'lumolarga asosan aytildi.

Biroz oldinroq, Rossiya FSB rahbari ushbu samolyot bortida 1 kg miqdoridagi bomba portlashi tufayli qulagani haqida ma'lumot berdi.

31 oktabr kuni Sharm-ash-Shayxdan Sankt-Peterburgga uchayotgan samolyot qulashi natijasida 224 kishi halok bo‘lgandi.

2004 yilda jangarilar tomonida Beslandagi maktab garovga olinib, undagi 334 kishining o‘ldirilgani Rossiya Federatsiyasi tarixidagi eng halokatli terakt bo‘lib turibdi.

Bundan tashqari, 2001 yilning 11 sentabridagi teraktni hisobga olmaganda, bu aviatsiya bilan bog‘liq eng talofatli terakt bo‘lib turibdi.

Biroz oldinroq, Rossiya A321 halokati tashkilotchilari to‘g‘risidagi ma'lumot uchun 50 million dollar mukofot va'da qilgani haqida xabar berildi.

Top