08:13 / 17.11.2015
2569

Apple Watch qurilmasining yangi avlodi 2016 yilning iyun oyida chiqishi ma'lum bo‘ldi

Apple kompaniyasining yetkazib beruvchilaridan biri bo‘lmish Quanta bergan ma'lumotga ko‘ra, Apple Watch 2 “aqlli” soatlari ikkinchi chorak yakunida chiqariladi.

Apple Watch`ning birinchi avlodi o‘tgan yilning aprel oyida sotuvga chiqarilgan edi. Dastlab Apple Watch soatlarini yetkazib berish cheklangan edi, ammo Apple uni ishlab chiqarish hamjmini orttirgach, ushbu muammo bartaraf etildi.

Apple kompaniyasining taqib yuriladigan yangi qurilmasi haqida Quanta bo‘linmasi boshlig‘i Barri Lem atroflicha ma'lumot berib o‘tgan.

Xitoyning United Daily News nashri yozishicha, Lem qurilma qismlari va dasturiy ta'minotning yangilangani bois keyingi yilda Apple Watch soatlari sotuvi sezilarli ravishda o‘sishini ma'lum qilgan.

Hozircha Apple Watch qurilmasining yangi avlodi haqida ma'lumotlar juda kam. Iyul oyida tarqalgan ovozalarga ko‘ra, yangi modelning dizayni avvalgisi bilan bir xil bo‘ladi. Farqli tarafini kuchli batareya va yuqori sifatli ekranda deb ko‘rsatishmoqda.

Top