10:27 / 17.11.2015
3117

Bitiruvchilar bandligini ta'minlash uchun 13 trillion so‘m bank kreditlari ajratiladi

2016 yil ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta'minlash dasturiga binoan kelgusi yilda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha 1 millionga yaqin ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda. Shundan 396,9 mingta ish o‘rni maqsadli kompleks dasturlarga muvofiq, 595,9 mingta ish o‘rni esa yakka tartibdagi tadbirkorlik, kasanachilikni tashkil etish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish orqali tashkil etiladi. Bu haqda "Telegraf.uz" nashri xabar tarqatdi.

Dasturga binoan, 2016 yilda kasb-hunar kollejlarini tamomlaydigan 511,5 ming bitiruvchining bandligini ta'minlash, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida 13 trillion so‘m bank kreditlari ajratilishi rejalashtirilgan.

Top